
Omadsiz debyut, amalga oshirilmagan penalti yoxud "Chelsi" derbida mag‘lub bo‘ldi
APLning 2-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Chelsi" uchrashuvi mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Aguerd boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Chukvuemeka imkoniyatlani tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida Antonio jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Aguerd ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatilidi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "bolg‘achilar" o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda yana bir bor gol urdi.
Shu tariqa, "Vest Xem" turnir jadvalida 6-o‘ringa chiqib oldi. "Chelsi" esa 15-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar