O'Melli: "Men uni nokaut bilan mag‘lub etaman"

  • 27 yanvar, 2024, 19:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

O‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasida amaldagi UFC chempioni Shon O'Melli(17-1-1 N/C) Marlon Vera(23-8-1) bilan bo‘lajak revansh jangi haqida gapirdi.

Shonning aytishicha, Marlon uni yana mag‘lub etish uchun yangi narsalarni o‘ylab topishi kerak.

U yangi narsani o‘ylab topishi kerak bo‘ladi. Aks holda, men uni nokaut qilaman. U nima qilishni rejalashtirayotganini bilmayman. Ammo mendan nokautni ko‘rasiz. Men barchangizni o‘z darajam bilan hayratda qoldiraman. Ha, u kuchli va chidamli jangchi. Shuning uchun men ko‘plab zarbalar berishim zarur. Albatta, men bu jangda chiroyli chiqish qilaman va hamma uchun kashfiyot bo‘ladigan yangi darajamni ko‘rsataman”, - dedi chempion.

Eslatib o‘tamiz, O'Mellining Vera bilan revansh jangi 9 mart kuni "UFC 299" doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!