O'n olti yoshli vunderkind ikki gol bilan “Arsenal” g'alabasini ta'minladi
Angliya Liga kubogining 2026/2027 yilgi mavsumi 1/16 finalidan o‘rin olgan “Ipsvich” va “Arsenal” o‘rtasidagi uchrashuv oltita gol bilan yakunlandi.
Bahs Ipsvichdagi “Portman Roud” stadionida bo‘lib o‘tdi. Londonliklar 4:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
Uchrashuv boshidayoq “Arsenal”ning 16 yoshli hujumchisi Maks Doumen hisobni ochdi. 16-daqiqada vinger Chukvunosso Madueke mehmonlarning ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Doumen dubly qayd etdi. 58-daqiqada Mikel Merino Doumenning uzatmasidan keyin London jamoasining to‘rtinchi golini urdi.
To‘rt daqiqadan so‘ng hujumchi Anis Mehmеti mezbonlarning birinchi javob to‘pini kiritdi. 90+1-daqiqada hujumchi Chuba Akpom “Ipsvich”ning ikkinchi golini urdi. Qolganiga jamoaning kuchi ham, vaqti ham yetmadi.

Fikrlar