Ondo Cero: "Bavariya" "Real" futbolchisini ijaraga oldi

  • 21.01.2020 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi  himoyachisi Alvaro Odriosola mavsumni “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishgan va tez orada shartnoma imzolashlari kutilmoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 24 yoshli Odriosola bugun “Real” mashg‘ulotlarida qatnashmagan va u Ispaniya kubogidan o‘rin olgan “Unionistas”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Bavariya”da Odriosoladan tashqari shuningdek “Barselona” himoyachisi Nelson Semedu nomzodi ham borligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!