Operatsiyasidan qilingan Pyotr Yanning ayni damdagi ahvoli qanday?
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Pyotr Yan yanvar oyi oxirida o‘tkazilgan bel operatsiyasidan keyin tiklanganini ma’lum qildi.
"Do‘stlar, barchaga salom! Vaqt tez o‘tmoqda. Men yetti kundan beri kasalxonadaman. Hozir o‘zimni biroz yaxshi his qilyapman. Shuningdek, biz upkani reabilitatsiyasi qilish uchun basseyn va sport zalda ishlayapmiz. O‘ylaymanki, bir necha kundan keyin yugurish mashqlarini ham qo‘shaman", – dedi rossiyalik ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Pyotr Yan "UFC 323" turnirida Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra yengib, o‘ta engil vaznda chempionga aylandi.
Fikrlar