"Opta" APL chempionligi uchun asosiy da’vogarni e’lon qildi
"Arsenal" joriy mavsumda APL oltin medallari ega chiqish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Bu haqda "Opta" nashri ma’lum qildi.
Superkompyuter londonliklarning chempionligiga 76,1 foiz ishonmoqda. " Manchester Siti"ning chempion bo‘lish ehtimoli 5 barobar kam bo‘lib, 14,1 foizni tashkil qiladi, .
Qolgan jamoalarning birinchi o‘rin uchun imkoniyatlari juda past. "Chelsi" 3,46 foiz, "Liverpul" 2,42 foiz, "Aston Villa" 1,57 foiz, "Kristal Pelas"da 1,17 foiz deb taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Mikel Arteta jamoasi 12 turda 29 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda 23 ochko to‘plagan "aristrokratlar," uchinchi o‘rinda 22 ochko bilan "shaharliklar" bormoqda.

Fikrlar