"Opta": "Real" La Ligada chempion bo‘lish uchun mutlaq favorit
"El-klasiko"da "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng "Real Madrid" turnir jadvalida asosiy raqibidan 5 ochkoga uzoqlashdi.
"Opta" superkompyuteri hisob-kitoblariga ko‘ra, madridliklarning chempion bo‘lish ehtimoli 68,9 foizga teng. Bu ko‘rsatkich "Barselona"nikidan ikki barobar ko‘p — kataloniyaliklarning imkoniyati 25,7 foiz etib baholangan.
Shuningdek, "Atletiko"ning chempionlik imkoniyati 3,4 foiz, "Vilyarreal"niki esa 1,4 foiz deb belgilangan. Qolgan jamoalarning imkoniyatlari 1 foizdan ham kam.



Fikrlar