Opta superkompyuteri APLning asosiy favoratini aniqladi
Opta superkompyuteri Angliya Premer-ligasida joriy mavsum yakuni bo‘yicha jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini baholadi. Unga ko‘ra, asosiy favorit sifatida Londonning "Arsenal" jamoasi ko‘rsatildi.
"Arsenal"ning chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 91,41 foizga baholangan. Ikkinchi o‘rinda "Manchester Siti" joy olgan bo‘lib, ularning imkoniyati 7,09 foizni tashkil etmoqda. Uchinchi asosiy da’vogar sifatida "Aston Villa" qayd etilgan — 1,36 foiz.
Ayni paytda musobaqa turnir jadvalida "kononirlar" peshqadam bo‘lib turibdi. Mikel Arteta jamoasi ikkinchi o‘rinda borayotgan "Manchester Siti"dan 6 ochko oldinda.
Uchinchi pog‘onada 47 ochko bilan birgemliklar, to‘rtinchi o‘rinda esa 44 ochko jamg‘argan "Manchester Yunayted" joy olgan.
Fikrlar