O‘q otish. Terma jamoamiz Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

  • 19 noyabr, 2022, 07:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Janubiy Koreyada o‘q otish sporti bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati yakuniga etdi. Musobaqaning oxirgi kunida ham sportchilarimiz shohsupaga ko‘tarilishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha mikst dasturida Muhammad Kamalov hamda Nigina Saidqulova juftligi kumush medal bilan taqdirlandi.

1-o‘rin Hindiston
2-o‘rin O‘zbekiston
3-o‘rin Janubiy Koreya

Ushbu qit’a birinchiligida 17 mamlakatidan tashrif buyurgan merganlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.

1-o‘rin Hindiston
2-o‘rin Janubiy Koreya
3-o‘rin O‘zbekiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!