Oq Uydagi turnir katta xavf ostidami?
UFC ning taniqli sharhlovchisi Jo Rogan Oq Uydagi turnir tashkilotchiligi bilan bog‘liq ehtimoliy muammolar haqida gapirdi.
"Odamlar Oq Uydagi kardni keskin tanqid qildi, lekin ushbu janglar boshqa turnirda bo‘lganda, hamma UFC ni olqishlardi. Tan olish kerak, ayb o‘zimizda. Biz AQShdagi oqshomdan juda ko‘p narsa kutib yubordik.
Endi meni boshqa narsalar xavotirga solyapti. Ha, o‘sha kuni Oq Uyda bo‘laman, ammo bundan xursand emasman. Chunki janglar tashqarida, ochiq osmon ostida o‘tadi. O‘ylab ko‘ring, o‘shu kuni kuchli yomg‘ir yog‘sa-chi? Yoki issiqmi? Iyun oyining o‘rtalarida Vashington shtati juda issiq bo‘lishi mumkin. Bu esa sportchilarga qiyinchilik tug‘dirishi aniq”, - dedi Rogan.
Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi UFC turniri 14 iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Fikrlar