Oq Uydagi UFC turniriga kirish bepul(mi?)
UFC rahbari Dana Uayt Oʻzbekiston vaqti bilan 15 iyun kuni Oq Uy hududida boʻlib oʻtadigan UFC turnirining chipta siyosati haqida gapirib berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, oqshomga 85 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi mumkin, barcha chiptalar bepul boʻladi. Promoushen rahbari tez orada tashkilot ularni qanday olish mumkinligini eʼlon qilishini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu kechaning markaziy toʻqnashuvida engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya va mezbonlar vakili Jastin G’etji oʻzaro jang qiladi.
Fikrlar