
"Ordabasi"da g‘alaba, legionerimizdan ideal assist!
Qozog‘iston chempionatining navbatdagi turida “Ordabasi” klubi o‘z maydonida “Qizil-Jar”ni qabul qildi. Gollarda boy o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu safar ham “Ordabasi” tarkibidagi hamyurtimiz Odil Abdumajidov asosiy tarkibda maydonga tushdi hamda o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
E’tiborlisi, legionerimiz jamoasining gollaridan biriga assistentlik vazifasini bajardi. Uning qanotdan ideal tarzda uzatib bergan pasini Serj Nyuiadzi boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ushbu hujumchi o‘z hisobiga ikkita gol yozib qo‘ydi, yana bir golga Karam Sultonov mualliflik qildi.
“Ordabasi” 11 ochko bilan 4-o‘rinda boryapti. Keyingi o‘yinni 26 aprel kuni yana o‘z uyida “Qayrat” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar