"Orenburg"ga yana texnik mag‘lubiyat yoziladigan bo‘ldi
Rossiya iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati “Orenburg”ga premer-liganing 25-turidan o‘rin olgan “Ural”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishga ruxsat bermadi.
Ta’kidlash kerakki, “Orenburg”ning 10 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi, jamoa a’zolari esa karantinga olingan. Shu bois “Ural”ga qarshi o‘yinda ularga 3:0 hisobida texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Eslatib o‘tamiz, “Orenburg” bundan avvalgi turda “Krasnodar”ga qarshi o‘yinda ham koronavirus tufayli ishtirok etmagan va 3:0 hisobida texnik mag‘lubiyatga uchragan edi. Hozirda jamoa RPL musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar