"Orollar — bizniki". Argentina oʻyinchilari Angliya ustidan gʻalabadan soʻng provokatsion plakat koʻtarishdi

  • 16.07.2026 03:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi o‘yindan so‘ng maydonga bahsli shior yozilgan banner olib chiqdi.

Bannerda Malvin (Folkland) orollari Argentinga tegishli ekani haqidagi da’vo yozilgan edi. Ushbu orollar atrofidagi hududiy nizo o‘nlab yillardan beri Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasida davom etmoqda. Hozirda arxipelag rasmiy Buyuk Britaniya tarkibiga kiradi. 1982 yilda aynan shu orollar uchun Folkland urushi bo‘lib o‘tgan, u Argentina kapitulyatsiyasi bilan yakunlangan edi.

Agar Argentina finalda Ispaniyani mag‘lub etsa, o‘z tarixida to‘rtinchi marta jahon chempioniga aylanadi. Bu borada mutlaq rekord Braziliyaga tegishli — ushbu terma jamoa besh marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Germaniya va Italiya terma jamoalari hisobida esa to‘rtta chempionlik mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!