O‘rtoqlik o‘yini. Belgiya Tunisni yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 06.06.2026 21:24
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Belgiya milliy terma jamoasi o‘z maydonida Tunisga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv mezbonlarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Belgiyaliklar safida Leandro Trossar, Sharль de Ketelare, Kevin de Bryuyne, Dodi Lukebakio va Nikolas Raskin gollarga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Rudi Garsiya shogirdlari mundial oldidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat uchrashuvida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Belgiya Jahon chempionatining "G" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Misr, Yangi Zelandiya hamda Eron terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

  • World - Xalqaro o'rtoqlik ucharuvlari
  • Friendlies 1
18743.png

Belgiya

  • Leandro Trossard 28'
  • Charles De Ketelaere 53'
  • Kevin De Bruyne 65'
  • Dodi Lukébakio 85'
  • Nicolas Raskin 87'
Tugadi
5 : 0

06.06.2026 18:00

18554.png

Tunis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!