O‘rtoqlik o‘yini. "Bunyodkor" Chexiya klubiga mag‘lub bo‘ldi
"Bunyodkor" jamoasi Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirmoqda.
Bugun yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida Toshkent klubi Chexiya Respublikasi 1-divizioni vakili — "Zbrojovka Brno" jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda raqib jamoa safida Vedral va Kavos gollarga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "qaldirgochlar" navbatdagi nazorat o‘yinini 19 yanvar kuni o‘tkazadi.
Fikrlar