O‘rtoqlik o‘yini. "Surxon" yagona gol evaziga "Xorazm"dan ustun keldi

Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "Surxon" klubi o‘rtoqlik o‘yini doirasida Pro liga vakili "Xorazm" jamoasiga qarshi saf tortdi. Mazkur bahs termizliklarning kichik 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. 

Ma’lumot o‘rnida, "uchar tulporlar" oldinroq "Do‘stlik" jamoasiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Superliga ilk turida "Surxon" klubi amaldagi chempion "Paxtakor"ga qarshi saf tortadi. 

sur

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!