
O‘rtoqlik uchrashuvi. "An-Nasr" kichik kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi
Bir necha daqiqa oldin o‘rtoqlik uchrashuvida Saudiyaning "An-Nasr" klubi Liga 1ning "Tuluza" jamoasi bilan kuch sinashib, kichik 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab uchrashuvning 25-daqiqasida frantsiyaliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu gol urib, hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida Marran ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ushbu gol esa o‘yin taqdirini hal qilib, Saudiya klubining 2:1 hisobida g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, jamoaning yangi futbolchisi Joau Felish norasmiy uchrashuvda debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Futbolchi o‘yinni asosiy tarkibdan boshlab, 59-daqiqa harakat qildi.
Fikrlar