O‘rtoqlik uchrashuvi. "Surxon" Xitoy jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida "Surxon" Xitoyning "Shensi Union" jamoasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi - 3:0. Gollarni Artyom Sokol, Kamron Saydazimov va Behzod Shamsiev kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, jamoasining uchinchi va o‘zining debyut golini urgan Behzod Shamsiev termizliklar safida ko‘rikdan o‘tmoqda. Shuningdek, tarkibda rossiyalik hujumchi Marat Tarek ham kelib qo‘shilgan va u ham ko‘rikdan o‘tayotgani ma’lum qilingan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Surxon"ning Shanxay viloyati Yuy Ling shahrida o‘tkazayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 25 iyul sanasida yakuniga etadi.

shamsiev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!