O‘runovga e’tibor va uning narxini oshishida Ahmedov va Shomurodovning hissasi katta!

  • 5 avgust, 2020, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolida o‘zbekistonlik Oston O‘runov transferi hamon keng muhokama qilinmoqda. Joriy yilning boshida 200 ming evro evaziga “Ufa”ga ko‘chib o‘tgan futbolchining 10 ta uchrashuvda ko‘rsatgan ajoyib o‘yini tufayli uning transfer summasi kamida o‘n barobar oshib ketdi. Ayni paytda O‘runovning transferi 2 milliondan – 6 million evrogacha baholanmoqda.

Tecno

1200_1200_max_4

Rossiyalik mutaxassislar O‘runovga bo‘layotgan qiziqishning ortishida so‘nggi yillarda Rossiya premer ligasida “Anji” va “Krasnodar”da muvaffaqiyatli ishtirok etgan Odil Ahmedov va  “Rostov”da porlay boshlagan Eldor Shomurodovning hissasi borligini alohida ta’kidlashmoqda.Chunki bu ikki futbolchi rossiyalik muxlisu mutaxassislarga o‘zbek futboli maktabi salohiyatini namoyish etib bera olgan.

Odil Ahmedov ham, Eldor Shomurodov ham Rossiya jamoalariga yosh futbolchi sifatida taklif etilib, muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli ularning transfer summasi bir necha barobar oshib ketgan. Futbol biznesga aylanib bo‘lgan hozirgi kunda bunday o‘yinchilar o‘z jamoasi uchun o‘ta manfaatli resurs hisoblanadi.

8d69e0f3f499fd2dec2dd4ef893db82d55b5ef2086c78669276350

Xususan, Odil Ahmedov “Anji”ga 1,7 million evro evaziga qo‘shilgan bo‘lsa, keyinchalik “Shanxay SIPG” vakillari “Krasnodar”ga 7 million evro to‘lab, Odilni o‘zbek futbolchilari orasida eng qimmat transfer sohibiga aylantirdi.

Eldor Shomurodov masalasida ham shunga o‘xshash vaziyat. Ilgari hech kim tanimagan futbolchi Rossiya chempionatida o‘zini ko‘rsata boshlagach, uning transferi summasi bugun 6,5 milliondan 15 million evrogacha baholanmoqda. Eldorni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotganlar orasida Rossiya jamoalaridan tashqari, Evropaning kuchli klublari ham bor.

1565794199_large

Agar, kutilayotganidek shu hafta ichi Oston O‘runovning ham transferi rasmiylashtiriladigan bo‘lsa, bu futbolchimiz eng qimmat o‘zbekistonlik futbolchilar reytingida yuqori o‘rinlarda joylashishi aniq. Chunki “Ufa” bu futbolchimiz transferini arzon sotmasligi kundek ravshan.  

Qani kutamiz, bu haftada Oston O‘runov faoliyatida muhim o‘zgarishlar yuz berishi haqiqatga ancha yaqin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!