O‘runovning sobiq murabbiyini A Seriyada kutishmoqda

"Spartak" sobiq murabbiyi Domeniko Tedesko faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Il Pallone Gonfiato" nashrining xabariga ko‘ra, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoaga 35 yoshli  murabbiyni olib kelish haqida o‘ylamoqda.  

2020/21 yilgi mavsumda "Napoli"ni Jennaro Gattuzo boshqargandi. U so‘nggi turda mag‘lub bo‘lib, "Yuventus"ga EChL yo‘llanmasini sovg‘a qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Tedesko 2 yil mobaynida RPLda faoliyat olib bordi. O‘zining so‘nggi mavsumida murabbiy "Spartak" bilan kumush medallarga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!