“Oshni damlaganlar chetda qolib, hamma aybni Sport kanaliga osib qo‘yishadi”OChL translyatsiyasi masalasi nima bo‘lyapti?

  • 7 sentabr, 2023, 22:21
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORT TV jurnalisti va sharhlovchi – Otabek Jo‘raev o‘z telegram kanalida OChL translyatsiyasi masalasiga oid post qoldirdi. Unga ko‘ra, voqealar rivoji shu tempda borsa, o‘yinlar telekanallar orqali namoyish etilmasligi ham hech gap emas.

Tecno

Otabek jo‘raev

“Demak, "Osiyo chempionlar ligasi O‘zbekistonda" serialining navbatdagi qismi

O‘zbekistonning xususiy telekanali o‘yinlarni translyatsiya qilishdan bosh tortganidan so‘ng, bu huquqlarni O‘zbekistonga sotgan kompaniya Sport telekanali bilan aloqaga chiqib, joriy mavsumdagi OChL huquqini sotib olishni taklif qildi. Eng qizig‘i, ular ushbu mavsum uchun bitta turnir uchun huquqlarni taklif qilishdi-ku, summani esa oldingi 4 mavsumdagi barcha turnirlar uchun so‘rashdi. Ya’ni emagan somsaga pulni biz to‘lashimiz kerak ekan. Kulgili

Ammo bu muammoning yarmi

Qo‘shimchasiga biz O‘zbekistondagi to‘rtta stadiondan o‘z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib emas, balki OFK talablaridan kelib chiqqan holda mahalliy translyatsiyalarni taqdim etishimiz lozim. Va bu bizdagidan ko‘ra ko‘proq kameralar va ularning barchasi HD formatda, VAR tizimi va boshqa texnik talablar. Ya’ni biz o‘zaro summani kelishib olsak ham, ishonchim komilki, huquq egasi miqdorni kamaytirardi, ammo texnik jihatdan qisqa vaqt ichida biz kerakli televizion tasvirni yaratish imkoniga ega emasmiz

Natijada, huquq egalarining o‘zlari televizion rasm yaratish bilan shug‘ullanishlari kerakligi ma’lum bo‘ldi. Va bilasizmi endi nima bo‘ldi? O‘zbekistonga sotayotgan translyatsiya huquqlarining oraliq egasi (vositachi) “telekartink”ni tayyorlashdan bosh tortdi va huquqlarning asosiy egasiga jarima to‘lashga tayyor. Bu ularga ancha arzonroqqa aylanadi

Uyog‘i nima bo‘larkin, a?

Buni aniq bilmayman. Oldin yozganimdek, faqatgina ijobiy natijaga umid qilamiz. Ammo hozirgina aniq aytishim mumkin, agarda, mabodo O‘zbekiston tomoshabinlari futbolsiz qolsa, oshni damlaganlar chetda qoladi, hamma ayblar esa odatdagidek Sport TV ga osib qo‘yishadi. Javob”

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzReport kanali OChL bahslarini jonli namoyish etmoqchi emasligi borasida xabar bergan edik. Voqealar rivojini SPORTS.uz bilan kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
09/09/2023 08:16
Хурматли Узтеликаналлари рахбарлари сиз хусусий булинг сиз шахсий булинг оркангизда халктурибди сизлар хозирги вактда уз манфаатларингизни халк манфатидан устун куйяпсиз хозирги еядиган нонларингиз халол эмас касрлар курманг мошинлар минманг чунтакни пулга тулдирманг эрта оллохни олдига ун метр без билан борасиз жавобингиз огир булади .
&
Zuxa
08/09/2023 16:43
axmoqgarchilik dan boshqa narsamas yana tomoshabin sarson ekanda
&
Shahboz qarshi
08/09/2023 14:46
Assalomu alaykum xammaga.futbol tv yopilganda yozgandim xali buni oqibati yomon ta'sir qiladi deb.lekin bunchalik tez fursatda deb o'ylamagandim.sun'iy raqobatni oxiri shunday yakun topgan ko'p xollarda.vaqtida xamma eng tomoshabop eng zo'r JCH va OCHL o'yinlarini katta katta pullar evaziga translatsiya qilgan sport( man uchun emas)telekanali jonbozlik ko'rsatish kerak emasmi aybdor qidirguncha.o'zi yemas itga bermas deb bejiz aytishmagan bobokalonlarimiz.vaqtida 4-5 barobar qimmat narxlarda sotib oldiku sport telekanali o'yinlarni.futbol tvga o'xshagan kanallar bo'lsa xoziram sotib olgan bo'lardi kerak bo'lsa 10 barobar qimmatiga bo'sayam.shu baxonalar to'plamlarizga kamera boshqa va boshqa narsalarni baxona qilmasdan undan ko'ra bizda yaxshi saviyali sharhlovchilar tanqisligi sababli deganlaringda shaxsan man ishonardim va bu ayni xaqiqat bo'lardi
&
mmirakilov@bk.ru
08/09/2023 14:39
Ассалому алайкум. Нега давлат пулидан фойдаланиб футбол тв ни синдиргани ҳақида гапирмаябди?
&
Liverpool-Afzal
08/09/2023 11:19
Олдингидака куйвурилар болвуради. Араб шархловчини овозини пасайтириб
Норов Абдужалил
07/09/2023 22:59
Узззрепорт телеканали мутасаддиларидан футбол федератциямиз рахбарлари хат билан илтимос ёзиб чикса балки инобатга олишар