Osimxen "Al-Hilol"ning aql-bovar qilmas maoshini va APL klublarining taklifidan voz kechdi. Futbolchi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 7 iyul, 15:58
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Viktor Osimxenning kelajagi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Hujumchi Evropada qolishni istaydi va katta ehtimol bilan faoliyatini "Galatasaray"da davom ettiradi, deb xabar bermoqda "Corriere dello Sport" nashri. 

Tecno

26 yoshli futbolchi Saudiyaning "Al-Hilol" klubi taklif etgan ulkan maosh – yiliga 40 million evrolik shartnomani rad etgan. Ushbu kelishuv umumiy 160 million evro atrofida baholangan edi. Viktor esa o‘zining printsiplariga sodiq qolib, Evropa futbolida qolishni afzal ko‘rdi.

Victor Osimhen of Galatasaray in action during the 38th and final week match of the Turkish Super Lig between Galatasaray and RAMS Basaksehir at RAMS...

Hozirgi paytda Osimxenning yillik maoshi 12 million evroni tashkil etadi va u bu raqamni sezilarli darajada kamaytirish niyatida emas. Shu bois, unga qiziqish bildirgan APL klublari soni ham kamaydi.

"Napoli" uning transferidan 75 million evrolik boykot summasini qoplashni rejalashtirgan, ammo futbolchi o‘zini Turkiya klubida baxtli his qilmoqda.

Victor Osimhen of Galatasaray in action during the 38th and final week match of the Turkish Super Lig between Galatasaray and RAMS Basaksehir at RAMS...

Eslatib o‘tamiz, "Galatasaray" forvardni o‘tgan mavsumning sentyabr oyida ijara asosida jamoaga jalb qilgan edi. U yakunlangan mavsumda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 37 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
08/07/2025 07:08
Napolini foyda ko‘rishini hohlamadi shekilli