Osimxen "Napoli"ga o‘tish uchun APL grandlarining taklifini rad etdi
"Lill" klubi hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini "Napoli"da davom ettirmoqchi.
GFFN nashrining yozishicha, tomonlar deyarli kelishuvga erishib bo‘lishgan. Endi 21 yoshli nigeriyalik futbolchi A Seriya grandi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va 6 yillik shartnoma imzolashi qoldi xolos.
Ta’kidlash kerakki, Osimxen “Napoli”ga o‘tish uchun “Liverpul" va "Manchester Yunayted"dan bo‘lgan taklifni rad etgan.
Viktor joriy mavsum “Lill” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 18 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar