Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot kotibi: O‘zbekiston - jahon chempionatidagi eng kuchli jamoa

  • 28.10.2021 20:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

SPORTS.uz sayti Serbiyaning Belgrad shahridan boks bo‘yicha jahon chempionatini yoritishda davom etadi.

Bevosita Belgraddagi "Shtark" arenadan reportajlarni tayyorlayotgan SPORTS.uz sayti ijodkorlari Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot kotibi Kinses Tibor bilan suhbatlashdi.

Muloqot avvalida janob Kinses Tibor O‘zbekistondan ekanligimizni beyjiklarimiz orqali darhol payqab, yurtimiz va bokschilarimiz haqida fikrlarini bildirdi.

U o‘zbekistonliklar mehmondo‘st ekanligini, mamlakatimiz chiroyli ko‘rinish olayotgani va eng asosiysi, terma jamoamiz turnirdagi eng kuchlisi ekanligini ta’kidladi.

Kinses Tibor yurtimizga avvalroq tashrif buyurgani haqida ham gapirdi. U erdagi bokschilarning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirgani uchun terma jamoamizga yuqori baho berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!