
Osiyo chempionati (U23). BAAga imkoniyatni boy bergan Shimoliy Koreya pley-off yo‘llanmasidan quruq qoldi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun "D" guruhida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, BAA U23 va Shimoliy Koreya U23 terma jamoalari bahsda 2:0 hisobida arablarning qo‘li baland keldi.
Shu tariqa BAA ochkolari sonini 4 taga etkazib oldi va guruhda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkala o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan Shimoliy Koreya esa pley-offga chiqish imkoniyatidan maxrum bo‘ldi.
Osiyo chempionati U23. "D" guruhi 2-tur.
BAA - Shimoliy Koreya 2:0
Fikrlar