Osiyo chempionati. Bokschimiz chorak finalga yo‘l oldi, keyingi raqib – Qozog‘istonlik ikki karra Jahon chempioni!

  • 31.03.2026 10:52
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada ikki terma jamoamiz bokschilari ham ishtirok etyapti. 

Bokschimiz Shahod Muzaffarov -55 kg vaznda bo'lib o'tgan bahsda, iordaniyalik Mahdi Almashalehga imkon qoldirmadi – 5:0. Keyingi bahs chorak finalda qozog'istonlik ikki karra Jahon chempioni Mahmud Sabyrxanga qarshi bo'lib o'tadi. 

Shu tariqa hamyurtlarimiz ishtirokidagi bugungi dastur janglari yakunlandi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!