Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo chempionati. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston bilan bellashadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Toshkentda gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanmoqda.

Bugun Toshkentda gandbol bo‘yicha 19 yoshli qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi. Unda qit’amizning eng kuchli 8 jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Xitoy Taipeyi, Gonkong va Hindiston jamoalari bilan bellashadi. Hamyurtlarimiz birinchi turni bugun Hindistonga qarshi o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. O‘yin soat 18:30 da musobaqaga mezbonlik qiladigan “Alpomish” muz saroyida boshlanadi. Jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi bilan tanishing:

1-tur: O‘zbekiston – Hindiston (20 avgust, 18:30)
2-tur: O‘zbekiston – Gonkong (21 avgust, 18:00)
3-tur: O‘zbekiston – Xitoy Taipeyi (24 avgust, 18:00)
4-tur: O‘zbekiston – Xitoy (25 avgust, 18:00)

Ma’lumot uchun, ushbu qit’a birinchiligi kelasi yil U20 yosh toifasida o‘tadigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beradi. Musobaqada yarim finalga etib borgan jamoalarga jahon chempionati yo‘llanmasi nasib etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q