Osiyo chempionati. Finalga chiqqan bokschilarimiz soni 5taga etdi
Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida navbatdagi yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 kg vaznda ishtirok etayotgan Ruslan Abdullaev delegatsiyamiz hisobiga yana bir final chiptasini taqdim etdi. 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligining eng yaxshi bokschisi deb topilgan vakilimiz bu safar Xitoy Taipeyi vakili Lai Chu-Enni musobaqadan chiqarib yubordi.
Bungacha Abdumalik Halakov, Lazizbek Mullojonov, Hasanboy Do‘smatov va Saidjamshid Ja’farov ham finalga yo‘l olgandi.

Fikrlar