Osiyo chempionati. Musobaqaning so‘nggi kunida 14 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadi!

  • 11 avgust, 00:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Bugun - musobaqaning so‘nggi kuni doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz o‘zlarining final bahslarini o‘tkazadi. Ushbu bosqichda jamoamiz eng ko‘p - 14 nafar vakil bilan ishtirok etadi.

-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova - Gulnaz Bo‘ribaeva (Qozog‘iston);

-51 kg: Gulsevar Ganieva - Thi Ngos Tran Nguen (Vetnam);

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Yatri Shirishkumar (Hindiston);

-70 kg: Oysha Toirova - Bakit Seidish (Qozog‘iston);

-55 kg: Samandar Olimov - Dulguunsaixan Xarxu (Mo‘g‘iliston);

-60 kg: Shoxrux Abdumalikov - Nurislam Kaldibaev (Qozog‘iston);

-65 kg: Sayat Ilyasov - Ilya Kalinin (Qozog‘iston);

-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Nurbek Mursal (Qozog‘iston);

-75 kg: Shavkatjon Boltaev - Neeraj (Hindiston);

-80 kg: Rahmatullo Boymatov - Sanjar-Ali Begaliev (Qozog‘iston);

-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Sam Estaki (Eron);

-90 kg: Shahzod Polvonov - Temirlan Mukataev (Qozog‘iston);

+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Ishan Kataria (Hindiston);

-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Natnicha Chongprongklang (Tailand).

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!