Osiyo chempionati. O‘zbekiston finalchilar soni bo‘yicha Qozog‘istonni ortda qoldirdi

  • 25 aprel, 2019, 18:22
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur bosqich yakuniga ko‘ra, 5 nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqishdi va bu bosqichda to‘rtta bokschiga ega bo‘lgan Qozog‘istonni ortda qoldirildi.

Tecno

E’tiborlisi, finalda faqtgina bitta vazn toifasida muxlislar o‘zbek-qozoq bokschilari ishtirokidagi qarama-qarshilik guvohi bo‘lishadi. Aniqrog‘i +91 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov Qamshibek Qo‘nqaboevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Finalga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilar: Nodirjon Mirzaxmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg), Bobousmon Baturov (-69 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg) va Baxodir Jalolov (+91 kg).

Finalga chiqqan qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari: Zakir Safiullin (-60 kg), Tursinboy Qulaxmet (-75 kg), Bek Nurmaganbet (-81 kg) va Kamshibek Qo‘nqaboev (+91 kg).

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!