Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida nechanchi bo‘ldi?

  • 7 may, 2024, 19:11
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

25 apreldan 8 maygacha davom etgan qit’a boks bo‘yicha birinchiligi o‘z nihoyasiga etdi.

Bugun final doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz ringga ko‘tarildilar. Yarim finaldan so‘ng 10 nafar vakillarimiz so‘ngi bosqichga etib kelishgandi. Janglardan so‘ng esa, terma jamoamiz 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallariga ega chiqdilar. Umumjamoa hisobida medal jamg‘arishda mezbon Qozog‘iston jamoasi birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda esa Hindiston. Jamoamiz uchinchi o‘rindan joy olgan.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

Erkaklar:
-63,5 kg: Abdulloh Ma’daminov
+92 Jahongir Zokirov

Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova

Kumush medal:

Erkaklar:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Javohir Ummataliev
-86 kg: Samandar Jalolov

Ayollar:
-66 kg: Aysanem Saruarova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova

Bronza medal:

Erkaklar:
-54 kg: Hujanazar Nortojiev
-60 kg: Sayat Ilyasov
-67 kg: Shavkatjon Boltaev
-80 kg: Fazliddin Erkinboev
-92 kg: Diyorbek Uralov

Ayollar:
-57 kg: Humorabonu Mamajonova
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-63 kg: Mohinabonu Abdullaeva
-70 kg: Hadichabonu Abdullaeva
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кадыров Фердаус
08/05/2024 00:55
Этот чемпионат Азии для боксёров Узбекистана можно назвать провальным.