Osiyo kubogi-2023 mezboni aniq bo‘ldi
2023 yilgi Osiyo kubogiga kim mezbonlik qilishi aniq bo‘ldi.
OFKning "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qit’a birinchiligi Qatar yashil maydonlarida o‘tkaziladi. 2027 yilgi kubok final bosqichiga Saudiya Arabistoni hamda Hindiston mamlakatlari da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, iyul oyida bo‘lib o‘tgan saralash bellashuvlarida 100 foizlik natija qayd etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2023ga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar