
"Osiyo kubogi-2023". O‘zbekiston 2-savatdan joy oladi
Shu yilning 11 may kuni milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Alisher Nikimbaev o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyoning 10-jamoasi sifatida 2-savatchadan o‘rin oldi (bir savatchadan 6 tadan jamoa bo‘ladi). Bu savatda Iroq, BAA, Ummon, Xitoy va Iordaniya ham o‘rin olgan. Biz bu jamoalar bilan bir guruhdan o‘rin olmaymiz.
1-savatdan esa "JCh-2022"da ishtirok etgan 5 ta terma jamoa va mezbon Qatar joy olgan.
1-savat: Qatar (mezbon) - 1389 , Yaponiya- 1588, Eron - 1553, Janubiy Koreya - 1535, Avstraliya - 1528, Saudiya Arabistoni - 1427.
2-savat: Iroq - 1353, BAA - 1338, Ummon - 1334, O‘ZBEKISTON - 1314, Xitoy - 1304, Iordaniya - 1293.
3-savat: Bahrayn - 1287, Suriya - 1243, Falastin - 1234, Vetnam - 1230, Qirg‘iz Respublikasi - 1228, Livan - 1203.
4-savat: Hindiston - 1201, Tojikiston - 1181, Tailand - 1175, Malayziya - 1082, Gongkong - 1057, Indoneziya - 1041.
Fikrlar