
Osiyo kubogi. Kambek ichra kambek! Iordaniya chorak finalda
Osiyo kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Iroq - Iordaniya bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mehmonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Al-Naymat hisobni ochgan bo‘lsa, Naji 68-daqiqada muvozanatni tikladi. 76-daqiqada Ayman Iroqni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Al Arab hamda Al Rashdan Iordaniyaning g‘alabasini ta’minlagan gollarni urdi.
Shu tariqa, Iordaniya Osiyo kubogi chorak finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar