Osiyo kubogi saralashi. Guruhdagi asosiy raqibimiz Tailand ishonchli hisobda zafar quchdi

Osiyo kubogi saralashi 2-turidan o‘rin olgan Shri-Lanka - Tailand uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mehmonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Tailandliklarning gollariga Puangchang va Kanitsribampen mualliflik qildi. 

Shu tariqa, Tailand 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib oldi. Shri-Lanka hisobida ochko mavjud emas. Jamoa hozircha jadvalning so‘nggi 4-pog‘onasini band etib turibdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!