Osiyo Kubogi saralashi. Namangandagi O‘zbekiston - Shri-Lanka uchrashuvini tomosha qilish istagida bo‘lgan muxlislar uchun ma’lumot
Osiyo kubogi – 2023 saralash bahslari doirasidan o‘rin olgan Tailand – Maldiv, O‘zbekiston – Shri-Lanka terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar uchun chiqarilgan chiptalar ertadan sotuvga chiqadi.
Chiptalar Namangan shahar, “Chorsu” dahasidagi yakka qabr oldi, “Sardoba” dahasidagi “Megapolis” savdo majmuasi, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingoh, “Kamolot” bog‘i kassalarida sotiladi.
Chiptalar narxi 10.000 so‘m etib belgilangan va muxlislar bitta chipta xarid qilgan holda, har ikki bahsni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Chiptalarni xarid qilishga shoshiling hamda milliy terma jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar!
Mazkur o‘yinlar 8 iyun kuni soat 17:00 hamda 20:30 da boshlanadi.
"Navbahor" klubi matbuot xizmati

Fikrlar