
Osiyo kubogi U-20. Turnir favoriti sanalayotgan Janubiy Koreya musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining 1-tur o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoasi Ummonga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda koreyaliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvda gollarni Kim Yong-Xak, Sung Jin-Yong (dubl) va Kang Song Jin kiritdi. Ummonliklar dastlabki turda gol ura olmadi.
Fikrlar