
Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston joy olgan guruhda vaziyat qanday?
23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun bir qator 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, "A" guruhida bugun ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Turkmaniston hamda Eron o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda kutilmaganda qo‘shnilariiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, mazkur guruhdan joy olgan vakillarimiz Qatar bilan bahs olib bordi va 6:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Quyida, 2-tur uchrashuvlaridan so‘ng "A" guruhidagi vaziyat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Qayd etish lozim, Kapadze shogirdlari 3-tur oldidan 1-o‘rinni naqd qilib ulgurdi.
Fikrlar