
Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston joy olgan guruhdagi o‘yinda sensatsion natija qayd etildi
Osiyo kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston - Eron uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, Alirizo Bavieh 8-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Arziguli Saparguliev 28-daqiqada muvozanatni tikladi. 80-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Timur Choriev jamoasini oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Turkmaniston ochkolari sonini 3 taga etkazib oldi. Eron hisobidagi 3 ochko o‘zgarishsiz qoldi.
Fikrlar