Osiyo kubogi U-23. Saudiya Arabistoni BAAni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 3-tur bahslari yakuniga etdi.

"D" guruhi ishtirokchilari Saudiya Arabistoni hamda BAA bellashuvida nominal mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Yahyo va Abdulhamid mualliflik qildi.

Shu tariqa, saudiyaliklar 7 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finalda Saudiya Arabistoni Vetnamga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!