Osiyo oʻyinlari-2026: Chempion! Kurash mana bunaqa boʻladi!
Sof g'alaba
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharları mezbonlık qilayotgan XX Osiyo oʻyinlarining bugungi dasturidan oʻrin olgan kurash musobaqalarida vakillarımız 2 ta oltin va 1 ta bronza medalga sazovor boʻldi.
Xususan, +90 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruhxon Baxtiyorov final bosqichida Tojikiston vakili Shakarmamad Mirmamadovga qarshi raqobatlashdi. Unda polvonimiz 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi. Bu muvaffaqiyat delegatsiyamizga 10-oltin medalni taqdim etdi.
Darvoqe, ushbu vazn toifasida yana bir vakilimiz Bekmurod Oltiboev bronza medalga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasidagi -57 kilogramm vaznda esa Ibodathon Agojonova barcha raqiblarini magʻlub etib, Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza, jami 37 taga yetdi. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.

Izohlar (0)