Osiyo oʻyinlari-2026: Ikkinchi medal ham boʻldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo oʻyinlari dasturiga ilk bor kiritilgan MMA bahslarida mamlakatimiz sharafini Firdavs Atamuradov, Hilola Sobirova hamda Nodirbek Shavkatov himoya qilmoqda.

Yaponiya ning Aichi va Nagoya shaharlarida XX yozgi Osiyo oʻyinlarining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda. Musobaqaning MMA bahslarida ishtirok etayotgan uch nafar oʻzbekistonlik sportchidan ikki nafari final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Xususan, -60 kilogram vazn toifasida ishtirok etayotgan Firdavs Atamuradov yarim finalda qirgʻizistonlik Dastan Kanibek Uluni 2:0 hisobida magʻlub etdi va finalda tojikistonlik Mirzobek Umarov bilan raqobatlashadigan boʻldi. -71 kilogram vazn toifasida esa Nodirbek Shavkatov yarim finalda qozogʻistonlik Qodirbek Shinbaevga imkoniyatni boy berib qoʻydi va bronza medal bilan kifoyalandi.

Ayollar oʻrtasida -60 kilogram vazn toifasida bahs olib borgan Hilola Sobirova yarim finalda kambodjalik Dalin Chenni ikki raundda ham yaqqol ustunlik bilan magʻlub etdi. Endi musobaqa finalida Hilola Singapur vakili Hui Hun Teo bilan kuch chinasadi.

Ayni damda Oʻzbekiston delegatsiyasidagi medallar soni bittadan kumush va bronzaga yetdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!