Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo oʻyinlari-2026: Oʻzbekiston medallari 29 taga yetdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Oltinni ko‘paytirish kerak

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo oʻyinlarining baydarka va kanoëda eshkak eshish boʻyicha bahslarda vakillarimiz uchta kumush medalga sazovor boʻldi.

Xususan, baydarkada 500 metr masofaga eshkak eshish boʻyicha toʻrtlik dasturida Ekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva, Milana Dyushev-Yanich va Shahrizoda Mavlonovadan iborat kvartetimiz marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi.

Kanoëda eshkak eshish boʻyicha C2 dasturida 500 metr masofaga kechgan bahsda Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova kumush medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, yakkalik bahslarida Vladlen Denisov 500 metr masofani ikkinchi boʻlib bosib oʻtdi.

Shu tariqa, sportchilarimiz 25 sentabr kungi bahslarni uchta kumush medal bilan boshladi. Darvoqe, ushbu natijalardan soʻng delegatsiyamiz medallari 6 ta oltin, 15 ta kumush va 8 ta bronzani tashkil etib, jami 29 taga yetdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q