Osiyo oʻyinlari-2026: Qizlarimiz kumush medalni qoʻlga kiritdi
Ular marraga ikkinchi keldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasining medallari soni 1 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.
Jumladan, akademik eshkak eshish boʻyicha ayollar oʻrtasidagi W4- dasturida Anna Aksenova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullaeva’dan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi finishga ikkinchi boʻlib yetib keldi. Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medal qoʻshildi.
Maʼlumot uchun, biroz avval erkaklar oʻrtasidagi akademik eshkak eshish bahslarida vakillarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medalgʻa sazovor boʻlgan edi.
Izohlar (0)