Osiyo o‘yinlari. Shaxmatchilarimiz Abdusattorov va Sindarov o‘rtasidagi derbida durang natija qayd etildi!

Osiyo o‘yinlari doirasidagi shaxmat bo‘yicha vakillarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov o‘rtasidagi derbida durang natija qayd etildi. Ular 4-raundda o‘zaro kuch sinashdi. 

Partiyani tomosha qilish uchun shu linkni qoldiramiz: https://www.chess.com/events/2023-asian-games-open-rapid/04/Sindarov_Javokhir-Abdusattorov_Nodirbek

Ma’lumot o‘rnida, ikki shaxmatchimiz ham bundan oldingi 3-raundda g‘alaba qozongandi. Hozirda Abdusattorov 3,5 ochko bilan 2-o‘rinda bo‘lsa, Sindarov 3 ochko bilan 6-pog‘onani band etgan. 

Oldinda yana 5 ta raund qoldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!