Osiyolik futbolchi Gana yulduzining oyog‘ini sindirib yubordi

  • 15 noyabr, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan tashkil etilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarining birida Yaponiya terma jamoasi o‘z maydonida Gana futbolchilarini qabul qildi.

Tecno

Uchrashuv kunchiqaryurt vakillarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Afrikaliklar darvozasini Minamino va Doan bir martadan ishg‘ol qildi.

Yaponiya terma jamoasiga “Lids Yunayted” jamoasida chaqirtirilgan 27 yoshli Ao Tanaka o‘rtoqlik o‘yini antiqahramoniga aylandi. U Gana terma jamoasi yulduzi Abu Frensisga jiddiy jarohat etkazdi. To‘qnashuvda “Tuluza”dan terma jamoaga taklif etilgan Abuning oyog‘i sinib ketdi.

Bu holat 51-daqiqada Ao Tanaka raqib jarima maydonchasi yaqinidan zarba berishga chog‘langan vaziyatda ro‘y berdi. Unga xalaqit qilishga uringan Abu Frensis raqib yo‘liga oyog‘ini qo‘ydi va Tanakaning zarba bergan oyog‘i Frensisga tegdi. Buning oqibatida ganalik o‘yinchining o‘ng oyog‘i sinib ketdi.

Jarohatlangan o‘yinchiga darrov tibbiy yordam ko‘rsatildi. Biroq uning tiklanish muddati uzoq vaqt olishi aytilmoqda.

Ao Tanaka bu voqeadan keyin Gana terma jamoasi zaxira o‘rindig‘iga borib, raqib brsh murabbiyi Otto Addodan uzr so‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!