Osiyolik futbolchining goli "Rostov"ga g‘alaba keltirdi, ammo u Shomurodov emas (video)
Kecha Rossiya premer-ligasining 5-turida “Rostov” o‘z maydonida “Ural”ni qabul qildi.
Mezbonlar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov doimgidek asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo o‘zbekistonlik futbolchi bu safar ham gol ura olmadi va 70-daqiqada zaxiraga olindi. “Rostov” esa yaponiyalik legioneri Kento Xasimotoning 59-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar