Oston O‘runov 90 daqiqa o‘ynagan o‘yinda "Ufa" o‘z maydonida "Rubin"dan ochko oldi (video)

  • 25.10.2021 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Rossiya premer-ligasining 12-turida hamyurtimiz Oston O‘runov harakat qiladigan “Ufa” o‘z maydonida “Rubin”ni qabul qildi.

“BetBoom Arena”dagi o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Gamid Agalarov (19') gol urdi. Mehmonlar hisobiga yozilgan golni ham mezbonlar azosi Yuriy Juravlev (59' avtogol) kiritdi.

“Ufa”dagi hamyurtimiz Oston O‘runov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa harakat qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Abduazizov
25/10/2021 11:43
O‘runov Futbolchi emas, yuguruvchi.