
Oston O‘runov Premer-liga klubida ko‘rikdan o‘tmoqda (Foto)
Mavsum yakunlangach Toshkentning "Lokomotiv" klubidan ketgan Oston O‘runov legionerga aylanishi kutilmoqda.
Yarim himoyachi Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi "Ufa" jamoasi yig‘inida ishtirok etmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Ufa" Rossiya Premer-ligasida 25 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar